Avvalam bor assalomu alaykum deb so’zlarimni boshlamoqchiman.
To’g’ri maqola sarlavhasi sizga g’alati tuyulgan bo’lishi mumkin. Lekin uni bunday nomlashga menda asos bor. Buni quyida bilib olasiz.
Demak bugun15.05.2018 kuni Jizzax viloyati Forish tumaniga “Mahalla” telekanalidan “Yoshlarga ish bering!” tok shousi keldi.
Ajablanarlisi shundaki tok shou soat 14.00 da “Trastbank” mini bankining Forish filialida bo’lib o’tishi kerak edi. Men 13.30 da shu yerda hozir bo’ldim. 15.30 larda ko’rsatuv suratga olina boshladi. Ammo tuman mutasaddilaridan hech kim yo’q… Tuman hokimi,Yoshlar Ittfoqi Raisi,Prokuratura, Ichki ishlar bo’limi va boshqa turli mutasaddilar qatnashishi kerak bo’lgan ushbu ko’rsatuvda.

Faqat “Xalq banki” va “Trastbank” hodimlari va Bandlikka ko’maklashish markazidan vakil bir ayol va Yoshlar ittifoqi Rasi o’rinbosari ishtirok etishmoqda. Axir ular yoshlarga muammolarni yechilishida uzil kesil javoblarni aytishaolmaydiku. Muammolar joyida o’rganilib yechim topmog’i kerak. Muammolar yuqorida nomi zikr etilgan tashkilotlarsiz qanday hal qilinadi. O’zim shaxsan ushbu ko’rsatuvni muntazam kuzatib boraman va boshqa viloyatlarda bo’lganida qachon bizlarga ham kelishar ekan deb havas qilib o’ylar edim.Bu galgisida shaxsan o’zim qatnashdim. Ammo o’ylaganlarim chippakka chiqdi. Bizni mutasaddilar yo’q , yo’qolib qolishdi. Bahona esa oddiy “Obod qishloq” dasturida hashardamiz. Bir kunning ikkkinchi yarmida 2 soatga vaqt ajratish nahotki shunchalik qiyin bo’lsa.Axir poytaxtdek joydan tumanimizga etibor berilib shuncha yo’l bosib kelishganda . Mutasaddilarimiz xonbandidan chiqisha olmadiya… Juda xunuk holat.Yoshlarni muammolariga shunchalik ham befarq qaraladimi. Yoki ularni yoshlar kelajagi bilan umuman ishi yo’q. Ko’rsatuv efirga berilsa ko’rarsiz birorta ish so’ragan yoshga ijobiy javob berilmadi. Amaliy yordam ko’rsatilmadi. Shu o’rinda televideniyadagilarga ham achinib kettim. Hechnimaga arzimas bop qolgan bu tadbirni rejissorga qanday taqdim etishadi qanday efirga uzatishadi. Axir hechkimni muammosi hal qilinmagan bo’lsa. Menimcha ushbu tok-shou tarixidagi “eng omadsiz” qism bizni tumanda suratga olindi. Bunga aybdor esa tuman mutasaddilarining o’zi. Balkim kimlardir aytishi mumkindir meni o’zini ozi tumanini sharmanda qilyapti deb lekin haqiqatga tik boqadigan kunlar keldi aziz do’stlar.Hammada ishlashga ishtiyoq bor ammo ishga joylashish har doimgai muammo. Mana va nihoyat ko’rsatuv suratga olinib bo’ldi. Shu zahoti ko’rsatuv suratga olinib bo’lishi bilanoq hokim janoblari va ikkita uchta mutasaddilar yigilganlar oldiga yetib kelishdi.Shu topda qo’pol bo’lsa ham o’sha mashxur rus maqoli esimga tushdi: “Po’sle Pajar …. Nasos” bu gaplar ni aytish yarashmaydi to’g’ri ammo ularni hatti harakatlariga nima der edingiz. Va nihoyat tuman hokimi kimga ish kerak deya barralla so’roqlamoqda. Janobi hokim siz 2.30 soatlar oldin qayerda edingiz. Sho’ring qurg’ur ishsiz yoshlar hokimdan ish so’rab birin ketin murojat qila boshlashdi. Javob esa bir xil: Mutaxasisliging bo’yicha ish yo’q. 50 sotix yer beraman dehqonchilik qil. Mavsumiy jamoat ishlari bor. Kredit olib tadbirkor bo’l. Demak agar fikr yuritadigan bo’lsak forish tumanida vacant barcha ish o’rinlari yo’q bo’lsa kelajak avloddan faqat DEHQON,TADBIRKOR, yoki JAMOAT ishlari ishchisi chiqar ekanda. Kechirib qo’yasizlar bizlar o’rta-maxsus malumotni nimaga o’qib oldik. Yuqorida taklif qilinggan ishlarni qilish uchun o’rta malumot ham shart emas edi. Agar shu ishlarda ishlash niyatimiz bo’lganida maktabni bitira solib o’zimizni tadbirkorlikka yoki dehqonchilikka urgan bo’lar edik vaholanki mardikorlikka desam ham mubolag’a bo’lmaydi. Chunki siz taklif qilgan jamoatchilik ishlarida 1 oyga 550.000 so’mga ishlagandan ko’ra. Shu jamoatchilik ishlarida qiladigan ishlarni mardikorchilikda qilgan kishi 1.500.000 so’mdan ko’p daromad qiladi. Endi o’zingiz o’ylang shu takliflaring insofdanmi. Men o’zim shaxsan murojat qildim. Murojat qilgan kishi uni dunyoqarashini o’lchash qanday kishi ekanligi aytib berilishi uchun murojat qilmaydi. Muammosi hal bo’lsin deb murojat qiladi. Sizlar aytishlaring mumkin ish kerak odam o’sha 550.000 so’mlik jamoatchilik ishida ham ishlaydi deb. Qisman to’gri aytasizlar ammo tanganing har doim ikkinchi tomini bo’lganidek. Bugun biz murojat qilib jamoat asosida ishladik deylik. Qachongacha ishlaymiz jamoatchilik ishida. Bitta men emas barcha ishsizlarni shu savol qiynadi. Bizga kafolatlangan ish kerak. Murojatni bosdi – bosdi qilish uchun ish kerak emas.

ANVAR ORTIQOV.

Leave a Reply